Yosh yigitga nasihat.
Diniy kitoblardan bundan avval Ruhiy ozuqa kitobini o’qigan edim, 2 kunda o’qib qo’yib endi tarki dunyo qilib yuborsam kerak deb o’ylagan edim. 1 hafta o’qiganlarimni o’ylab yurdim, keyin esa shunchaki unutvorishga qaror qildim.
Aslida esa nasihatlarga birin ketin amal qilinsa, biz xohlagan ideal mo’min musulmon bo’lishga yaqin borsa bo’ladi, axir aytishadiku musulmonchilik sekin asta deb.
Quyida kitobadagi nasixatlardan keltiraman: Shukur qilib yashang, Gunohlaringiz tavba qiling, Alloh kechiruvchidir. Tushkunlikka berilmang, ortiqcha hursandchilik qilmang. Islomning sham chirog’i bo’ling.
Vaqtni behuda sarflamaslik kerak, har bir soniya muhim. Kerak bo’lsa yumshoq nonni chaynashnaga sarflaydigan vaqtingda tolqon ye. Qizlarga qalbda ezgulikdan boshqa nazar bilan qarash gunoh Allohni yodda tutish kerak, doimo zikr, duo aytib yurishing kerak. Ota-onangni qadriga yetishing kerak. Seni yaxshilikka, iymonga chorlaydiganlar bilan do’st tutin, uylan. Maqsadingni yaxshi qil, bemaqsad yurma. Og’ir vazmin bo’l, sal narsa kulib baqir chaqir qilma. Musofirchilikka sabr qil, zero, u og’ir va mashaqqatli yukdir. Yolg’on gapirma, kelishuvlar va bitimlarga vafo qil. Dinga majburlash yo’q. Bekor yurma. Halol va pokiza kasb topishda dangasalik qilma. Barcha payg’ambarlar qo’y boqqanlar, barchalari bozorda yurib savdo-sotiq bilan shug’ullanganlar. O’qi. Ilmni o’rgan. Ona tilingga yordam ber. Ikkinch jahon urushida Yaponiya AQShga mag’lubiyatidan so’ng Yaponiyaning yagona sharti - Yapon tilini saqlab qolish edi. Arab tilini ham o’rgan. Xatolaring uchun tavba qil. Zinoga yaqinlashma Olamlarning Robbi Allohga hamd bo’lsin.
Tushkunlikka tushma. Lug’atingdan “qila olmayman” degan so’zni olib tashla, sen Allohning izni bilan ko’p narsaga qodirsan. Keyinga surishdan saqlan. Vaqtdan unumli foydalan Biz tana a’zolarimizni yoshligimizda saqlagan edik, Alloh ularni bizga keksayganimizda saqlab berdi. Kim qo’rqsa, tunda yo’lga chiqadi… Kim tunda yo’lga chiqsa manziliga yetadi. Ogoh bo’linglar, Allohning moli juda qimmatdir. Ogoh bo’linglar, Allohning moli jannatdir. Chunki kunduzi dushman yoki qaroqchilar hujumiga uchrash ehtimoli katta bo’ladi, tunda yurish esa kunduzga nisbatan havfsizroq sanaladi.
Agar bu kitobdan menga bir dona nasihatni ayt deydigan bo’lsang: “Uylan” degan bo’lardim. Haqiqatdan kitobda uylanish, shahvat va zinodan qanday saqlanish haqida ko’plab nasihatlar yozilgan, asosiy yechim esa uylanishdir. Bo’lajak ayolingni tanlashda birinchi o’rinda uning diniga e’tibor ber. O’zinga imkon qadar eng zo’r ayolni tanla.