Admin
← Blog

Yaponlar❤️‍🩹

27-yanvar, 20251 daqiqalik o'qish

Yaponiya haqidagi ilk taasurotlarni zakovat savollaridan va daqiqa qadri degan kitobdan olganman. Zakovatda ko’p savollar yaponlarning urushdan keyingi hayoti va oilaviy tarbiyasi haqida tushardi.

Men doim hayron qolardim, nazarimda ular haqiqatdan ham o’z farzandlariga juda katta ma’suliyat bilan yondashishadi, va ajoyib farzandlarni tarbiyalashadi. Ularning boshqa sohalarda ham ilg’orlab ketishlarining asosiy sababi ularning qadriyatlari va ota-onalarning tarbiyasi deb o’ylayman.

Yaponlar haqida ma’lumotlarni qidir chuqur izlanishlar olib bormaganman, u yoq buyoqdan eshitib qolganlarimni o’zi hayratlanarli, ishonchim komil agar yaxshiroq o’rgansam hayratim yana oshadi. Bizning qadriyatlarimiz, va tarbiyamiz yaponlarnikidan qolishmaydi, faqat ko’pchilik ota-onalar o’z farzandlariga biroz ma’suliyatsizlik bilan qarashadi. Pul topib qolganlardan kam joyi bo’lmasa bo’ldi deb o’ylaydi. Aslida esa farzand tarbiyalash uchun shunchaki ko’p pul topishni o’zi yetmaydi.

Gapirishga oson. Bu savol aynan shu Yaponlar qanday qilib farzandlarini tarbiyalashlari haqidagi zakovat savollarini eshitganimdan beri meni qiynab keladi. O’zi men qanday ota bo’laman?

https://www.ddinstagram.com/reel/DDzp-urKs7u/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==

15 marta ko'rilgan