Admin
← Blog

Uyqu muhim

2-aprel, 20251 daqiqalik o'qish

Aslida Ramazon oyi ichi ishdan erta chiqib iftorlikka ulgurishim kerak deb qochib qolaman deb reja qilib turgandim, chuchvarani hom sanagan ekanman, mutlaqo buni aksi bo’lib chiqdi. Ramazon boshlangandan beri, eng erta ishdan chiqgan vaqtim soat 20:00 atrofida bo’ldi. Ishlar shu darajada ko’payib ketdiki ummuman ulgurib bo’lmadi.

Menimcha bugun limitimga yetib keldim. 1-2 haftadan beri juda qattiq ishlayabmiz, masalan kecha soat 00:00da ham ishxonada edim. Lekin bugun shu qadar charchadimki, kunim bilan boshim og’rib chiqdi. Balki yaxshi saharlik qilmaganim uchundir, yana bilmadim.

Vanihoyat bugun mazza qilib uxlaydigan bo’ldim. Uyqu - inson miyasiga eng ko’p energiya beradigan manbaalardan biri, va uyqu rejimini buzish yaxshilikka olib kelmaydi. Imkon qadar rejimni buzmaslik kerak. Menda esa uyqu vaqti 4 soatga tushib ketdi bu juda yomon, kamiga “deep sleep” kam.

Avvalgi ishlarimda ham shunaqa 3-4 kunlab deyarli uxlamasdan ishlagan vaqtlarim bo’lgan lekin bunchalik emas) va unda ayb to’laqonli o’zimda bo’lardi 1 hafta dam olib 3-4 kun dam olmasdan ishlardim. Shunaqa qiyinchiliklarga qaramasdan kotta kompaniyada ishlashim menga ko’p narsani o’rgatdi..))

Sog’lik eng muhim narsalardan biri ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.

14 marta ko'rilgan