Admin
← Blog

Uylanish kere lekin

27-yanvar, 20252 daqiqalik o'qish

Oxirgi paytlarda (https://t.me/khusnidas_world/431?comment=933) xayolim faqat shu narsada bo'lib qolganligi tufayli bu haqida post yozishga qaror qildim. Ko'pchilik o'zimga o'xshagan bo'ydoqlarning muammolariga yechim sifatida uylanishi kerakligini ta'kidlab kelmoqdaman. Odam - atrofidagi odamlar hisobiga insonga aylanadi, va bu jamiyat deyiladi. Sizga eng yaqin community esa oilangiz, turmush o'rtog'ingiz, qarindoshlaringiz, ishxonangiz, o'qishingizdagilar va oxirida boshqalar..

Xozirgi yoshlar ertaroq uylanishga qarshi chiqib kelmoqda, to'g'ri ayrimlar juda erta uylanishni boshlab yuborgandek. Lekin umumiy xolatda ko'pchilik kech uylanadi, boshqa rivojlangan ko'plab davlatlarda ham shunday.

Lekin sevishib ko'chada qo'l ushlashib yurishni odatiy xolga aylantirib olishgan, garchi ular turmush qurmagan bo'lsada. Meni nazarimda, o'zimdan misol qilib aytganda, biror bir qiz bilan gaplashayotganda, uzoqroq distansiya saqlash kerak, o'rtadagi hirs kuchaymasligi kerak. Munosabatlarni faqatgina rostan jiddiy uylanmoqchi bo'lganingizdagina chuqurlashtirsangiz bo'ladi, va buni o'g'il bola to'xtatish kerak, chunki ko'plab qizlar sevgingizni rad etgani bilan asl maqsadi yigitlarga yoqish boladi, aslida buni tan olmasa yoki o'zi ummuman sezmasa ham. Bu huddi uylanadigan yoshga yetgan yigit (o'zimdan qiyos) deyarli lyuboy qiz bilan birga bo'lishga tayyor bo'lganidek, qizlarda ham shunday, buni o'zlari tan olmasa ham.

Aynan shu sabab social mediada O'zbek contentda bemani narsalar ko'paymoqda, lekin shunaqa fikrlari borligini hech kim tan olmaydi. Bo'ydoqlar hayotda erisha olmayotgan narsalarni instagramda ko'rib o'tirgisi keladi, hayotdagilari esa unchalik qiziq bo'lmay qoladi.

Agar yigitlar 25-30 yoshigacha ham qizlarga e'tibor bermasdan, uylanmasdan yuradigan bo'lsa axvol battarlashadi, ishonavering, buni tushuntirishga xojat yo'q. Yosh o'tgan sari injiq bo'lib, sog'liqni yuqota boshlaydi inson. Meni fikrimcha siz tezroq o'zingizga mos, sizni orzularingizga qarshi chiqmaydigan, yordam beradigan jufti halolingizni iloji boricha tezroq topishingiz va u bilan turmush qurishingiz kerak. Aslida bu bo'ydoq yigit va qizlardagi ko'p narsalarga yechim bo'la oladi. Siz nima deb o'ylaysiz?

O'zingiz bir o'ylab ko'ring. Baxtli inson deganda nima xayolingizga keladi? Menga birinchi o'rinda baxtli oila hayolimga keladi, ota-onam, aka-ukam, singlim, qarindoshlarim. Ikkinchi o'rinda esa o'zim endi qurmoqchi bo'lgan judayam baxtli bo'lgan oilam ko'z oldimga keladi. Bu baxtli oilani qurish uchun xozirdan xarakatni boshlaganman...

Men 3 haftadan beri Toshkentdaman, bu yerda Farg'onadegidan farqi meni kuzatadigan odam ummuman yo'q, ota-onam, qarindoshlarim. Qizlar esa ancha chiroyli kiyinib yurishadi, senda 3ta yo'l qoladi, gap otish, uylanish, qisib yurish. Menda esa qisib yurishdan boshqa chora yo'q.

Bunaqa fikrlay boshlashimning sababi 2-3 oy oldin rostan uylanishga harakat qilganimda, bu haqida jiddiy o'ylab ko'rganim tufayli bo'lyabdi. Yana 1-2 oydan keyin yana o'sha eski xolatimga hech qaysi qizga e'tibor ham bermaydigan, uylanishni ham o'ylamaydigan xolatimga qaytishimdan avval bu haqida post yozib qo'yay dedim))

Qisqasi men imkon qadar ertaroq uylanish tarafdoriman, bunga ko'plab psixoligik va sog'lik tarafdan sabablar bor. Siz nima deb o'ylaysiz? O'z fikrlaringizni comment ga yozib qoldiring.

12 marta ko'rilgan