Terminator. O’qish, ish, kvartira, ilmiy ish - hammasi Toshkentning har xil burchagida.
1 kunlik deyarli oddatiy kunni aytib beraman. Biroz farqi har doim ham Irrigatsiya universitetiga boravermayman.
O’tgan shanba kuni (dam olish kuni) ertalab ilmiy ishim ustida ishlash uchun domlamni oldiga bordim. Bir kun oldin esa TATUdagi boshqa bir domla dars o’tib berishimni so’ragan 6para darsim bor 2-3parasiga yordam bering dedi. Men bechara yo’q deya olmayman. Kamiga Magistraturada o’qish shartlariga ko’ra biz dars o’tishimiz kerak.
Xullas ilmiy ish yana qolib ketdi. Irrigatsiyadan chiqib TATUga yo’l oldim. Dars o’tib turgan paytim ishdan telefon qilishdi, срочный raxbariyatdan topshiriq keldi Toshkntda bo’lsez yordam bering deyishdi, men esa yo’q deyolmaymanu)) darsimni o’tib keyin boraman dedim. Obeddan keyin 3 para dars o’tdim hisob, rosa charchadim. Keyin ishga borib, shanba kuni soat kechasi o’n birlarda ishdan chiqdim.
Odatda har 2 haftada bir marta huddi shunaqa marshrutda yurishimga to’g’ri keladi. Yq’ni bir kunni o’zida Toshkentning 4ta joyida bo’laman. Bunda ummumiy 2-3 soat vaqtim yo’lda bo’ladi
Boshqa kunlari esa 1-1,5 soat vaqtim ishdan o’qishga borib kelishga ketadi. Ya’ni ertalab ishga boraman. Obedda o’qishga borib kechroqqa yana qaytib kelaman, keyin yana kechgacha ishlab uyga ketaman. O’qishga borib kelishni o’ziga 1,5soat baqt ketadi. Kvartiradan ishga borib kelishga esa 1 soat. Jami 2 soat atrofida vaqtim yo’lda, uning yarmi metroda o’tib ketyabdi.
Qisqasi nima demoqchiman gap vaqt masalasiga borib taqalar ekan, imkon qadar kvartirani ishga yoki o’qishga yaqinroq joydan yarim soatda bo’lsa ham piyoda borib kelsa bo’ladigan joydan qimmatroqqa bo’lsa ham olorish kerak ekan.
Miyyaga kelganlarini yozib tashlayverdimda))