Sport bilimdan ustunmi?
Bu haqida ko’pchilik gapiryabdi nazarimda. Aslida bilimga sportdan ko’ra kamroq e’tibor ajratilishiga sabab faqatgina davlat emas balki barcha fuqarolar sportga bilimdan ko’proq qiziqishi borligi sabab. Buni istalgan odamdan Ronaldo, Messi, Neymar, Mike Tyson, Muhammad Ali, David Backham lar kimlar yoki bo’lmasa Albert Einstein, Marie Curie, Isaac Newton, Charles Darwin, Rosalind Franklin, Galileo Galilei bular kimlar deb savol berib bilib olishingiz munkun. Bular eng mashxur olimlar va sportchilar. Odamlar sportchilarni san’atkorlardek barcha oila a’zolarigacha, qaysi kuni nima qilishigacha bilishadi, lekin xozirgi zamon olimlarini xatto tanishmaydi ham, Ilon Maskdan tashqari(agar olim deb hisoblab bo’lsa). Bunga yechim sifatida huddi xozirgidek bilimga ko’proq e’tibor berilishini talab qilish va o’zingizdagi qiziqishni ham oshirib ko’proq ilm o’rganishdir.