Small things matter. Bemani post, o'qishni tavsiya qilmeman, shunchaki o'zim bilan o'zim gaplashyabman.
Xa, hayotda aynan o'sha ko'pchilik e'tibor bermaydigan mayda-chuda narsalar kotta ahamiyatga ega. Buni ayrimlar his qiladi, ayrimlar biladi, lekin ko'pchilik e'tibor bermaydi. Yana ayrimlari menga o'xshab har safar xato qiladi garchi bu narsani xato ekanligini bilsayam takrorlayveradi toki boshi devorga urulib o'sha mayda narsalarni his qilmaguncha.
Muammo shundaki, shu judayam oson narsalar ham qiyindek tuyuladi va qilgingiz kelmaydi. Masalan bugun men ataylib o'zim uchun bir kun vaqtimni ajratib loyiha ustida ishlashni boshlayman degandim, lekin kuni bo'yi yotib soat 15:00da nonushta qilib(7 soat uyqu + 5 soat bekor yotish) birozdan so'ng kechki ovqatni yeb xozir esa loyihani qilaman deb kompyuterimni ochib qarasam shunchaki loyihani yozishni boshlash uchun 1 soat vaqt ketar ekan, ya'ni kerakli narsalarni o'rnatish, githublarga login qilish vhkz uchun. Mening qarorim esa quydagicha, ikkita energetikni ichib olib, endi yotib uxlab ertaroq ishga borib, ishda hamma narsani qilmoqchiman. Xozir esa kompyuterimni kechasi kelib ishni davom ettirish uchun tayyor qilib qo'yaman.
Odatda yotishdan avval ertagalik harajatlarim uchun pul ajrataman, odatda 1 kun uchun yetib ortib qoladi. Endi shuni ertalab turganimda ajratmoqchiman faqatgina bir shart bilan agar ertalab o'rnimdan turib tashqariga chiqib toza xavodan nafas olib 10ta turnik tortinib qo’ysam bo’lgani. Mana nima uchun 5 mahal Namoz o'qish kerak, jumladan bomdodni ham)). Agar shart bajarilmasa o'sha kuni och qolishim munkin.