Shunchaki termos sotib oling va Termoslilar jamiyatiga qo’shiling.
O’zingiz bilan termos olib yurish foydalari:
Cho’ntakka. Ko’chada restoranlarda ichimlik ichish kamida 3000 so’m bo’ladi. O’rtacha termos 60000 so’m. Ikki oyda bemalol puli chiqadi.
Sog’liqqa. Termosdegi suv sovib qolmaydi, tomog’ingizni og’ritmaydi. Pepsi, Cola, Fantalarga xojat qolmaydi.
Ekologiyaga. Plastik idishlar ishlatmasdan, atrofga ahlat tashlamasdan ishlatganingiz tufayli ekologiya bo’lgan zararni kamaytiradi. (Faqat suvni va uni isitishga sarflanayotgan energiyani isrof qilishdan saqlaning)
Sayohat va ish xona uchun judayam qulay. Ishxonada 2 kishi va bir do’stim meni termos ishlatishimni ko’rib o’zlariga ham termos olishdi. Deyarli barcha ishxonalarda choy damlashga sharoit bor.
Karma. Boshlanishida hijolat bo’lasiz, o’zizni comfort zonezdan chiqishni boshlaysiz, keyin esa termosiylar communitysida ekanligingizdan fahrlana boshlaysiz😆
Bir dona minusi: termosni oshiqcha yuk qilib yoningizda ko’tarib yurishingiz kerak.
Shunday ekan xoziroq termos sotib oling.🔝💯