Ramazon
Yildan-yilga yoshimiz ulg’ayib borar ekan, bizda tajriba va ma’suliyat ham ortib boradi. Buni har yilgi ramazondagi o’zgarishda sezishingiz munkin. Siz avvaliga yoshligingizda qanchalik ihlosingiz baland bo’lmasin ko’p hollarda Ramazon oyida to’liq ro’za tuta olmaysiz (buni ko’p yoshlarda va o’zimda ham kuzatganman).
Lekin yildan yilga sizda sabr, ma’suliyat ortib boradi va avvalgiga nisbatan ko’proq ro’za tutishni boshlaysiz. Discipline oshib boradi. Bu yil to’liq ro’za tutgan bo’lsangiz keyingisida saharlikdan so’ng bomdod o’qishni boshlaysiz. Har yili avvalgisidan yaxshiroq bo'ladi, bo'lishi ham kerak... Ha yana bir gap, siz bundan ham ko'prog'iga qodirsiz.
Menda ham huddi shunday bo’lmoqda deb o’ylayman, yildan yilga Ramazon oyida odatlarim mukammalashib borayotgandek. Garchi xatolar bilan bo’lsada (masalan, saharlikda 2-3daqiqa kechikib duo o’qish) bu yilda o’zimdagi eng zo’r natijaga erishdim deb o’ylayman. Alloh tutgan ro’zalarimizni qabul qilsin.