Qonuniyatning yo’qligi qonuniyatmi?
Molekulyar fizikada bir gap bor, unga ko’ra qonuniyatning yo’qligi ham bir qonuniyatdir. Masalan, molekulalarning xaotik(qonuniyatsiz) harakatida ham bir qonuniyat bor, faqatgina buni xali insoniyat topa olmagan bo’lishi munkin. Molekulalarni aniq harakatini bashorat qila olmasakda, unga yaqinlasha oladigan qonuniyatlarni topish munkin, Robert Braunning ta’kidlashicha har bir molekulaning siljishi vaqtning ildiziga to’g’ri proporsional ekan.
Xo’sh ko’rinishidan oddiy bo’lgan bu narsani fiziklar qanday aniqlashgan? Albatta bu natijaga faqatgina kuzatuvlar va tajribalar yordamida erishish munkin.
Bu hayotdagi eng katta loyiha nima ekanligini bilasizmi? Bu o’zimiz. Shunday ekan har bir odam o’z-o’zini analiz qilishi kerak. Xulosalar chiqarishga shoshilmang, analiz qilishni iloji boricha mayda chuda narsalardan boshlash kerak.
Inson yangi narsalarni o’rganish (https://t.me/nice_blog/2687) yordamida rivojlanadi. Lekin eng katta loyiha o’zimiz ekanmiz, nega o’zimizni analiz qilmaymiz? Tadqiqotlar o’tgazmaymiz? Men esa o’zimdagi quydagi o’zgarishlarni kuzatishni boshlaganman: vazn, workout, ko’rgan kino va animelarim, daromad va harajatlarim. Masalan qaysi oyda qancha pul topganimni va nimaga sarflaganimni aniq bilaman. Ushbu jarayonda muhim narsa - har bir mayda-chuda faktlarni inobatga olishdir.
O’qigan kitoblarimni (https://t.me/nice_blog/1460) analiz qilishda biroz chalg’iganim tufayli keyingi yilda shunga ko’proq urg’u berishni niyat qildim. Buning uchun shunchaki o’qigan kitoblarimni yozib yursam va ular haqida xulosalar yozib borsam bo’lgani, bunda notion.so ishlataman.
Har yili yangi yildagi maqsadlaringizga erisha olmayotgan bo’lsangiz, unda o’zingizni kuzatishni boshlang, bu quruq orzulardan ko’ra yaxshiroq natija beradi.
Happy New Year 🎉☃️