Admin
← Blog

Qimmat narsa yaxshi. Tekini esa yanayam yaxshi.

27-yanvar, 20252 daqiqalik o'qish

Shaxsan men tekin narsalarni sevaman.

Yoshligimda vaqtimni kontr o'ynab o'tgazardim, lekin kamdan kam pul to'laganman. Oxiri Kamolotda tekin kontr o'ynasa bo'ladigan xonasini topganman.

Kollejda yoshlar ittifoqiga qo'shildim, xaa, ana endi haqiqiy tekin narsalarga o'ch bo'lib qoldim. Shunchaki tekinga osh yeyish uchun, yoki bo'lmasa konsertga kirish uchun nimalar qilib tashlardim, xozir pul bersayam qilmasam kerak)) Lekin ummuman tekin oshdan qolmasdim, aslida unaqa oshni o'zi bo'lmasa ham

Aynan o'sha kollejda barcha guruhdoshlarim praktikani hech nima qilmay pulga xal qilgan, men tekinini oxtarganman, natijada, amaliyot tugaganidan so'ng ular menga oylik berishni boshlashdi.

Hamma 'repititorga' ga borishni boshladi, men yani bepulini qidirdim, bepuli topilmadi kuya, yaxshi domlaga borishni boshladim. Hamma pulni o'z vaqtida bersa, men hammadan keyin berardim, deyarli tekinga o'qiganman)). Esimda, o'qishga kirganimdan so'ng uydagilardan pul olib domlalarimga 2-3oylik qarzimni berib kelganim, eng qattiqo'l pulini vaqtida olmasa dars o'tmaydigan domlalar edi.

O'zi Rossiyaga hamma pulini qoplaydigan tekin scholarship yutmoqchi edim, karantin-parantin bo'lib, O'zbekistonda qolishga to'g'ri keldi. Menga Toshkent yoqmadi, u yerda 1oy tekinga yashab kelganimga pul olgandim o'sha paytda. Farg'onada, ona yurtimda o'qiyman dedim. Tekinga albatta))

4 yil tekinga TATUFFda ustozlardan, do'stlarimdan, qarindoshlarimdan tekinga bilim o'rgandim. 1-2-kursligimda qayerda tekin narsa bo'lsa yugurib borib olardim, hech bir konkursda yutmadimu, aylanib kelaverdim)) Tekin Samarqand noni uchun Samarqandga borib keldim😅

Suvdek tekin deyishadi, menga aynan shunaqa suvdek tekin narsalar yoqadi. Non bilan oddiygina suvni eng ko'p istemol qilaman va qadriga yetaman.

Bir oydan beri Registonda tekinga IELTS o’qiyabman, har doim dars qoldirsam ham, zato tekin)) xozircha umumman natija bo’lganicha yo’q, darsga bormasam natija qaydan bo’lsin.

Lekin oxirgi paytlar tekin narsalarga qiziqmay qo'ygandim, matvatsa o'lgan hech narsani qizig'i bo'lmay qolgan, kichik bir voqeagacha notcoinlarimni 140$ga sotganim desama

Endi xozirgi kunda tekinga magistraturaga kirib yana davlatdan pulni shilmoqchiman. Aslida Omad Shou yoki Notcoinga o'xshagan narsalarga ummuman ishonmayman lekin bu narsa ilm yoki tajriba yoki bo'lmasa birorta qiziqroq ihtiroga borib taqalsa unda doim qatnashgim keladi, borib hech nima qilmay tomosha qilib kelsam ham mayli)) Ertaga Toshkentga olimpiadaga ketyabman, TATUFF pul berganligi uchun ummuman rad etilmaydi))

Qisqasi pulini yarmini qoplasa deyarli lyuboy joyga borib osh yeb kelinoradi))

13 marta ko'rilgan