Men uchun o'qish birinchi o'rinda ekanligini unutib qo'ydim.
Shu paytgacha berilgan vazifalarni hammasini qilib kelganman(har xolda ko'pincha) Va ko'proq doim birinchi bo'lishga intilaman, shunda kamroq siqilaman va kamroq o'qish haqida o'ylayman. 1-2ta pullik loyiha olib olgan bo'lsam ham ko'proq o'qishdagi vazifani qilmaganim uchun siqilaman va o'sha vazifani qilaman. Xozir ham jami 3ta loyihada borman, bari pul beradi, karyeramga yordam beradi, men esa o'qishimni o'ylab siqilib o'tiribman. Aslida bu loyihalarni ham rasvosi chiqib yotgan bo'lsa ham.
Bu safar ishxonada ishlar ko'payib ketdi va ustoz vazifani qilish uchun faqatgina 8 soatgina vaqt berdi hisob, men esa bu vaqtda ishladim va vazifani ummuman qilgim kelmadi.
Bilmadim negadir umrimda birinchi marta menga alam qilyabdi, garchi o'zim aybdor bo'lsam ham, ko'proq ball olmaganimga alam qilyabdi. Endigina serial ko'rishni tashlab kechga dars qilishni boshlagandim, biroz kechikibman serial ko'rishni to'xtatishga.
- alam qiladigani shu darsni sal bo'lsayam tushunib, Bayes haqida videolarni ko'rib barib 0.3/10 olganim🤯💩
Hamma ayb o’zimda Lekin TATU baribir manga ummuman yoqmayabdi sababi:
- xaligacha ilmiy rahbarim telefon raqami nechi ekanligini bilmayman.
- 3 oy bo'ldi stipendiya berilgani yo'q. 4-oy ketyabdi
- ijara shartnomasini qilganman, uni ham pulini berishgani yo'q, 2 oy bo'ldi
- IPI bo'yicha dars o'tib berishim kerak lekin IPI nimaligini bilmayman, semestr esa tugayabdi
- o'zi nimalar bo'lyabdi tushunmayabman
- 1 para darsni deb bir yarim soat yo'l yuraman
Bugungi kunim shularni o'ylash bilan o'tib ketdi. 2-Deadline ni esa buguni bilan qilolmadim, yana o'sha xoxish yo'qligi sabab. Rejim buzilib ketganidan kuniga 4 soat uxlayabman. Vaqtimda esa baraka yo'q.
Mani katta xatoyim ko’p ishlarni zimmamga olib olganim bo’ldi. Ularni qilmasama ham miyada hammasini o’ylab chiqishga to’g’ri kelyabdi. Shu ishlar tugasa faqat o’zimni ishimni va o’qishimni qilaman
Come back qilaman InshaAlloh keyingi semestr endi, yoki shu semestrda ham))