Kettu Samarqandga))
Samarqandni arzonga aylanib kelish yo'lini topdim, yana bir o'ylab ko'rib samalyotga chiqish uchun bilet ovorsa arziydi😆😆
Bilmadim nega, lekin ko'pchilik chet elga qiziqadi. #surish kerak degan gapni o'ziga shior qilib olgan, aslida shunchaki boshqa viloyatga chiqib ko'rmagan bu odamlar sayohat qilish, boshqa shaharga surish qanchalar qiyin ekanligini bilishmaydi. Chet elga (https://youtu.be/_ZoAZVaUSPQ?si=k9RJkp0qd0bf426f) chiqishdan avval birorta boshqa viloyatga masalan xozirgi kunda Toshkentdan sayohat qilish deyarli tekin bo'lgan shahar Samarqandni olaylik. Eng arzon sayohatlardan biri bo'lishiga qaramasdan siz Samarqandga borib 2 kun dam olib qaytib kelgani 500ming atrofida harajat qilasiz.
Ko'pchilik odamlar sayohatga chiday olishmaydi, bu juda qimmat va mashaqqatli. O'zbekiston bo'ylab sayohat qilish biz uchun judayam osoni, chunki hujjat qilish uchun yugurmaysiz, boshqa tilni o'rganishingiz shart emas, ish topish ham qiyin emas. O'rtacha oylik baland bo'lgan Toshkent va Navoiy (https://t.me/pulli_gap/237) viloyatida esa bo'sh vakansiyalar to'lib yotibdi.