Farg’onaga kelsam Toshkentda nima bo’lganini bilib olaman👋
Farg’onaga kelsam Toshkentda nima bo’lganini bilib olaman👋
Har safar Farg’onaga kelganimda, Toshkentda nimalar o’zgarib ketganini, qanday voqealar sodir bo’layotgani haqida bilib olaman, yo’lda taksidagi odamlardan bilib olaman.
Masalan bu safar Toshkentni ko’plab bozorlarini xitoyliklar egallab olayotgani haqida eshitdim. Ularning aytishiga ko’ra xitoyliklar ko’plab do’konlar va bozorlarni egallab olishgan emish, keyin bu ma’lumotni qidirib ko’rsam haqiqatdan telegramda blogerlarni bu haqidagi postlariga duch keldim. Farg’onadagi Azot zavodini ham ko’p qismini Xitoy sotib olgan emish, lekin orginfoda bu haqida ma’lumot yo’q.
Nima bo’lgan taqdirda ham allaqachon odamlarda bozorni va hayotni xitoylar qo’liga o’tib ketishi haqida qo’rquv borligi aniq. Haqiqatdan xitoyliklarga azgina imkoniyat bersa bozorni egallab olishadi(aslida egallab bo’lishganligini inobatga olmaganda)).
Farg’onada yana nima yangiliklar bo’layotganini esa tez orada Toshkentga ketishda yo’lda bilib olamiz;)…