Ehson qiling, ehsonni qabul ham qiling.
Odatda arzon yoki tekin narsalar bo'lmaydi, doimo hatto tekin narsalarning ham to'lovi bo'ladi, lekin shunga qaramasdan men bepul narsalarni hush ko'rishim haqida avval ham aytganman. (https://t.me/nice_blog/2498)
O'zingiz o'ylab ko'ring-a, ko'pchilik universitetda kontrakt to'lab o'qisayu siz stipendiya olib o'qisangiz. Ko'pchilik navbatda metroda 2ming so'm naqd pulga bilet olsayu, siz ilovaga kirib 650 so'mga metroga tushsangiz, ko'pchilik Amerikaga boraman deb balchig'u tog'lar osha borishga urinsayu siz Grant yutib borsangiz, ko'pchilik yillab IELTS ga tayyorlanib 5.5 olsayu siz tez fursatda 7 olib pulingizni qaytarib olsangiz.
Bularning hech biri imkonsiz emas, hammasi oddiy narsalar. Shunchaki azgina e'tiborni oshirib biroz harakat qilsangiz bo'lgani. Ilm yo'lida qilingan tavakkal qimor emas, shunday ekan tavakkal qiling, siz albatta yutasiz. Lekin ko'pchilik ehsonni qabul qilishni unutadi. Bir dono inson aytganidek: "O'sha sen izlayotga baraka, SoliqUz dasturida olish munkun bo'lgan 1% daromadingda bo'lishi munkun))". Shunday ekan ehsonlarni qabul qiling.
Men esa ancha yillar avval, o'zimga o'xshagan kim menga ehson qilar ekan degan o'y bilan oson pullarni qidirib yurganlar uchun @yutuq telegram kanalimni ochgandim. U yerga Grantlar va Aksiyalar haqida elon qilmoqchi bo'lgandim. Xozirda uni yurgazishni yana boshladim. Oson pullar bor, faqat unga loyiq bo'lish kerak.))