Admin
← Blog

Boy va bilimli bo'lish

27-yanvar, 20251 daqiqalik o'qish

Nega bunday savol berdim? Aslida bu voqeagacha bilim boylikdan ustun deb o'ylardim, haqiqatdan ham boyliklaringiz yonib ketishi munkun, bilim esa siz bilan abadiy. Lekin bir vaqtning o'zida boy va aqlli bo'lishning imkoni bor(ko'pincha shunday bo'ladi ham, ayniqsa bizning zamonda)), nega men ham unday bo'lmasligim kerak? 7-sinfligimdayoq, shuni isbotlash maqsadida olimpiadalarga chiqishni boshlaganman, shuningdek savdogarlikni ham boshlaganman, lekin ishlashimga uydagilar qarshilik qilishgan. Xullas o'sha paytdayoq boy va aqlli bo'lishga harakat qilganman va shu yuqoridagi ikkisining birini holiga tushishdan qo'rqganman. Xozir esa ota-onam o'qishim uchun qancha pul kerak bo'lsa berishga tayyor, ishlashimga ham ummuman qarshi emas. Meni esa biror nima o'rgangim ham ishlagim ham kelmayabdi, hayotga qiziqishim to'xtagan. O'z komfort zonamdan chiqolmayabman... Ammo lekin biroq afsuski xozir na boymasman va na aqlli ham emasman. Ho'sh qayerga ketti o'sha Samandar? Harakat ham qilmay qo'ydim.😡🤬

Nima bo'lganda ham, juda ko'p insonlarga foydasi tegadigan odam bo'laman! InshaAlloh! Axir esimni taniganimdan beri, yagona orzuyim shu😊

Dabdala post bo'ldi lekin, qiishlaqcha.

12 marta ko'rilgan