Bir videoga ko’ra muvaffaqiyat siri yuqoridagilardan iborat ekan.
Bulardan menga to’g’ri kelmayotgan, ko’p joyda aytilgan va eng asosiy narsalar bu: Menda ko’pincha aniq maqsad bo’lmagan, doim faqatgina 1-2 yil uchun ummmuman qiyin bo’lmagan maqsadlar qo’yaman va deyarli hech qachon tavvakal qilmayman.
Shu sababli 1-2 hafta davomida aniq va biroz qiyinroq maqsadlar qo’ymoqchiman🎯
Ummuman olganda men atrofimdagi odamlar kabi boylikka, mashinaga yoki uyga qiziqmayman, menga qolsa kunim o’tsa, men sog’lom va to’q bo’lsam, yaqinlarim yonimda bo’lsa bo’ldi.
Yana bir gap, men uylanmoqchiman, xali qiz topmagan bo’lsam ham, lekin meni yoshimda uylanish yaxshi variant deb o’ylayman. Lekin buni katta maqsad desam doimgidek 1-2yildan keyin yana maqsadsiz qolishim munkun😆 Biror bir maqsad ushalgandan keyin, yangi maqsad topilguncha bo'lgan pauza orasi cho'zilib ketyabdi