Admin
← Blog

Anglab anglamaganlarim.

27-yanvar, 20251 daqiqalik o'qish

Xozirgi kunlarda menga atrofimdagi odamlarni ummuman qizig'i yo'q va e'tibor bilan kuzatmayman. Lekin kollej paytlarim xonada oxirgi partaga o'tirib olib hammani kuzatib o'tirardim va keyingi harakatini tahmin qilardim va ko'pincha to'g'ri chiqardi, xonadagi hammani harakterini o'rganib chiqgandim. Xa, mendan yaxshi psixolog chiqgan, o'zi har qanday narsaga diqqat bilan yondashsangiz, o'sha narsaning ustasi bo'la olasiz.

Xozir esa Odamlarga baho berishda ayrim ko'pchilik payqamagan xulosalarimni sizlarga ham ulashmoqchiman. Bu xulosalarni kuzatish va tajribalar orqali emas balki shunchaki yozyabman:

Agar U (just lyuboy odam) imlo-xatolarsiz chiroyli, tushunarli shu jumladan murakkab gaplarni yoza olsa o’sha odamda intellekt, tartib va sabr bor. Chunki yozish jaroyinida diqqatni jamlab, fikrlarni tartiblab yozish kerak. Xozirgi zamonda deyarli har qanday ishda yozish ahamiyatga ega, va buni eplolmaydiganlarning ko'pida aqli pastroq yoki fikrlari tartiblanmagan.

Agar u hushmomila, doim odamlarga birinchi bo’lib salom beradigan va ko’p rahmat aytadigan, o'zidan keyin atrofini tozalab qo'yadigan bo’lsa - demak unda, qolganlardan farqli, oz bo’lsada farosat bor. Sizning hissiyotlaringizni sizdan oldin anglaydigan odamlardan ko'ra farosatliroqlarini ko'rmadim.

Agar u aytilgan joyga aytilgan vaqtda kelmasa, telegramda o'z yozgan habarlarini o'chirib tashlayversa demak unda ma'suliyat yo'q. To'g'risi men ko'pincha o'ylamasdan gapirib yuboraman, lekin bu men gapimni qaytib olaman degani emas, aytilgan/yozilgan gap - otilgan o'q, odatda uzur so'rayman, nega unday deganimni tushuntiraman, hafa bo'lsam hafa bo'ldim deb aytaman. Gapini qaytib oladigan, habarlarni o'chirib tashlaydigan odamlarda ma'suliyat yo'q.

Agar u odamga yordam berishni o'ziga yuk yoki qiyinchilik deb bilsa, bu uning ko'ngil torligini ko'rsatadi. Bundaylar hech qachon rivojlanmaydi, ko'karmaydi(Bu gapim bilan hammaga birdaniga yordam bering demoqchi emasman, bunday qilolmaysiz, yo'q deyishni ham bilish kerak). Odamlar social hayvonlardir, ular boshqa odamlar hisobiga yashaydi...

Agar u @nice_blog kanaliga a'zo bo'lmagan bo'lsa, demak u a'zo bo'lmagan

12 marta ko'rilgan