Amirsoyga sayohat qanchaga tushadi SkyCamp 2026

Amirsoyga borish qimmatga tushgan bo’lsa keraga deb mendan ko’pchilik so’radi. Shu sababli ushbu postni yozishga qaror qildim. Kelinglar men Toshkentdan Amirsoyga borib bir kun vaqtimni o’tgazish uchun qancha sarflaganimni hisoblab chiqamiz.
-
Ertalab turdimda metroga o’tirib 1.7ming so’mga Buyuk Ipak Yo’li(M.Gorkiy) metrosigacha bordim, metrodan chiqishda meni gazellar kutib oldi. Gazelga o’tirib Gazelkentga yo’l oldim, narxi 15ming so’m ekan.
-
Gazelkentdan Amirsoyga taxi qidirib topdik, Amirsoyni pastidagi kanatkagacha 100ming so’m(kishi boshiga 25ming so’mdan ekan) bu yerda tezroq yurish uchun 35ming berishga rozi bo’ldim, chunki bitta odamni kelishi juda qiyin ekan.
3. O’zim Amirsoyga birinchi marta borishim edi. Shuning uchun ham kanatkaga (sizni osmonda qalin temir arqonga ilingan paqirchada Amirsoy cho’qqisiga yetkazib qo’yish xizmati) chiqgim keldi, buni narxi, aniqrog’i o’rtadagi kanatkaga borib keyin qaytish narxi 135ming so’m ekan.
4. TrailRun boshlanadigan nuqtaga ham yetib kelib oldik mana. Ertalabda uydan olib kelgan narsalarimizni yedimda, obedga borib yana qorin ochgandi, monopolist somsachi xoladan olot somsaga o’xshash Amirsoyni somsasidan olib yedim bitta qaynoq choy va kofe bilan jami 25ming so’m bo’ldi.

5. Soat 15:00 da marafon boshlandi, 10km yurdim, marafonda o’zimcha yuguraman degandim, yuguradigan joy emas ekan, juda qiyin, shunchaki yeqilmasdan yurib olsangiz 10km hursand bo’ladigan joylar ekan, ayrimlar tog’ uchun tayoqlar (hiking stick) bilan birga yurishibdi. Ish qilib bir narsa qilib 10kilometrni 2 soat deganda bosib o’tdim.

6. Marafondan so’ng kanatkadan yana pastga tushdikda, G’azalkentga yuradigan birinchi damasga o’tirib ketdik. Damas narxi 25ming so’m ekan.
-
G’azalkentda Gazel tugabdi, qaranga Gazelkentda Gazel yo’q ekan. O’rniga sprinterga o’xshagan moshina 40mingdan yuraman deb turgandi, sekin elektropoyezdga chiqamiz yaxshisi dedikda Gazalkent elektrichka stansiyasiga yo’l oldik.
Elekt poyezdning oxirgi reysi 20:30lar atrofida G’azalkentdan o’tar ekan, o’sha reys bilan Toshkentga kelib oldim. Elektirchka narxi 29.5ming so’m ekan
-
Keyin charchagan xolatimda yurgim kelmasdan bir nima qilib 1.7ming so’mga metroga o’tirib
Keyin esa yuqoridag textni kopiya qilib geminiga Qancha pul sarfladim shunda? qisqa qilib yozib ber desam quyidagilarni menga yubordi:
**Metro (ertalab): 1,700 so'm
Gazel (G'azalkentgacha): 15,000 so'm
Taksi (Amirsoygacha, tezroq ketish uchun): 35,000 so'm
Kanatka (borib-qaytish): 135,000 so'm
Tushlik (somsa, choy va kofe): 25,000 so'm
Damas (G'azalkentga qaytish): 25,000 so'm
Elektrichka (Toshkentga qaytish): 29,500 so'm
Metro (uyga qaytish): 1,700 so'm **Umumiy xarajat: 267,900 so'm (267.9 ming so'm).
P.S. o’zim uydan olgan obed ham bor edi))